17 mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi direktori Mihael Georg Linkni qabul qildi. U YeXHT DIIHBning O‘zbekistonga tashrif buyurgan delegatsiyasiga boshchilik qilmoqda.

TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, muzokaralar davomida O‘zbekiston va YeXHT DIIHB o‘rtasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Qayd etilganidek, o‘tgan yili navbatdan tashqari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti saylovini monitoring qilish uchun tarkibida uzoq muddatli va qisqa muddatli kuzatuvchilari bo‘lgan DIIHBning to‘liq delegatsiyasi ishtirok etdi. Missiya uchun barcha sharoitlar yaratilib, saylov jarayonini to‘liq kuzatish uchun ularga barcha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va saylov uchastkalarida bo‘lish imkoni yaratildi.

O‘zbekiston saylov tizimini mustahkamlash va mukammallashtirish masalalarida hamda boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda konstruktiv hamkorlikni davom ettirishdan tomonlar manfaatdor ekanligini tasdiqlandi.