15 martdan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun to‘lov terminallari ijara to‘lovi 50 foizga pasaytirildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati.

Endilikda terminallar uchun to‘lov yuridik shaxslar uchun 5, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 2,5 yevrogachani tashkil etadi (MB kursi bo‘yicha).

Yana bir o‘zgarishga ko‘ra, jismoniy shaxslar plastik kartochkalarida qoldiq mablag‘lar kapitalizatsiyasi endilikda tijoriy banklar bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Avvallari plastik kartochkalar hisobidagi qoldiq mablag‘ ustiga qo‘shiladigan ustama MB qayta moliyalash stavkalartdan kam bo‘lmasligi lozim edi (ayni vaqtda — 9%).