Uchinchi darajali davlat adliya maslahatchisi Bahriddin Valiyev Buxoro viloyatiga besh yil muddatga prokuror etib tayinlandi. Samarqand viloyati prokurori lavozimiga esa adliya katta maslahatchisi Farhod Zufarov besh yillik muddatga tayinlandi.

O‘zbekiston bosh prokurori 15 mart kuni tegishli buyruqni imzoladi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.