16 mart kuni Toshkentning Chilonzor tumanidagi sobiq AQSH elchixonasi hududida Qo‘shma Shtatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi ochilganining 25 yilligi munosabati bilan mazkur mamlakat bayrog‘ini ko‘tarishga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Turkiston-press» NAA xabar qildi.

Marosimda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilyor Hakimov, AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen, mamlakatga tashrif buyurgan AQSH delegatsiyasi vakillari va faxriy mehmonlar ishtirok etdi.

Pamela Spratlen AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi 25 yillik diplomatik munosabatlar davomida har tomonlama aloqalar o‘rnatilgani, birgalikda yaqin hamkorlik olib borilganini ta’kidlab o‘tdi.

2006 yilda AQSH elchixonasi Yunusobod tumanidagi yangi manzilga ko‘chgan.