O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-mart kuni dam olish kunini 18-martdan 20-martga ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Hujjatga muvofiq, Navro‘z umumxalq bayramining mamlakat ma’naviy hayotidagi ulkan roli va ahamiyati hisobga olgan holda hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida: 18-mart shanba dam olish kuni dushanba 20-mart kuniga ko‘chirilib, 18-mart ish kuni; dushanba 20-mart dam olish kuni deb e’lon qilindi.