Asadjon Xo‘jayev davlat maslahatchisi o‘rinbosari — O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi etib tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz"ga hukumatdagi axborot manbasi ma’lum qildi.

Bunga qadar Asadjon Xo‘jayev (1970 yilda tug‘ilgan, Toshkent elektrotexnika aloqa instituti bitiruvchisi) bosh vazir ijro etuvchi apparati rahbari, ungacha — Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

Turli yillarda Intellektual mulk agentligi bosh direktori, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori o‘rinbosari, «O‘zbekiston pochtasi» kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.