Shahar olov ichida: Damashqdagi ikkita terakt oqibatida 35 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Chorshanba kuni Suriyaning Damashq shahrida ikki marotaba terakt sodir etildi. Dastlab terrorchi-xudkush Hamidiya bozori yaqinidagi Adliya saroyida o‘zini portlatib yuborgan bo‘lsa, keyinroq uning hamtovog‘i Suriya poytaxti g‘arbidagi restoranlardan birida portlash sodir etdi. Ayni paytda 35 kishining hayotdan ko‘z yumgani va eng kamida 65 kishining jarohat olgani rasman tasdiqlandi. Hujum uchun mamlakat hududidagi birorta ham terroristik guruh javobgarlikni o‘z zimmasiga olganicha yo‘q. // RIA Novosti

Gavayi shtati sudi Donald Trampning yangi migratsion qarori ta’sirini to‘xtatdi

Amerikaning Gavayi shtatida sudya AQSH Prezidenti Donald Trampning yangi migratsion qarorini to‘xtatdi, deb xabar qildi Assoshieyted Press axborot agentligi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, sudya Derrik Uotson shtat hukumatining tegishli murojaatini o‘rganib chiqqanidan so‘ng shunday qarorga kelgan. CNN telekanalining xabariga ko‘ra, mazkur qaror butun 15 mart yarim tunidan boshlab mamlakat bo‘ylab kuchga kirishi lozim bo‘lgan qarorga amal qilinishini to‘xtatadi. AQSH Prezidenti Donald Tramp 6 mart kuni Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaning olti mamlakati fuqarolarining AQSHga kirishini vaqtincha taqiqlovchi yangi qarorni imzolagan edi. Amerika ma’lumotlariga ko‘ra, aksariyat aholisi musulmonlar bo‘lgan mazkur mamlakatlar fuqarolari terroristlarga yordam beradi yoki ularda terroristlar boshpana topgan. // RIA Novosti

Isroil falastinliklarga nisbatan «aparteid tartib» qo‘llayotganlikda ayblandi

G‘arbiy Osiyo uchun BMT Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKZA) chorshanba kuni Isroil hukumatini Falastin xalqiga nisbatan «aparteid tartib"ni yaratishda ayblangan hisobotni e’lon qildi. «Hisobot IsroilFalastin xalqi ustidan hukmronlik o‘rnatuvchi aparteid rejimni yaratdi, deb xulosalanadi. Bunday ayblovning jiddiyligini tushungan holda, mualliflar mavjud dalillar jinoiy aparteid asosini tashkil etuvchi Isroilning siyosatda va amaliyotda xalqaro huquqda yozilganidek aybdor ekanini shak-shubha qilmagan holda aybdor ekanini tasdiqlaydi», — deyiladi komissiya saytida e’lon qilingan hujjatning birinchi sahifasida. // RIA Novosti

BMT: Qullar bozori, ayollar va bolalardan jinsiy yo‘lda foydalanish — zamonaviy mojarolar haqiqati

Odamlar bilan savdo qilish va qullikning zamonaviy shakllari global jinoyat hisoblanib, dunyoning barcha mamlakatlariga taalluqlidir. Mazkur sharmandali holat qonunsizlik sharoitlarida — qurolli mojarolar avj olgan hududlarda keng quloch yoymoqda. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishidagi chiqishida ma’lum qildi. u bu kabi jinoyatlarga barham berish va qul qilingan barcha shaxslarni ozodlikka chiqarishga erishishga chaqirdi.

BMTning narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning 106 mamlakatida odam savdosi qurbonlarini topish mumkin. Xalqaro mehnat tashkiloti ma’lumotlarida esa faqatgina majburiy mehnatdan 21 million kishi aziyat chekmoqda. Ularning 5,5 mln nafari bolalardir. Bunday ekspluatatsiya natijasida jinoyatchilar har yili 150 mlrd dollar daromad ko‘rmoqda. // BMT Yangiliklar markazi