Oksana Chusovitina sport gimnastikasi bo‘yicha L’International Gymnix-2017 xalqaro musobaqasi sovrindori bo‘ldi. 9−12 mart kunlari Kanadaning Monreal shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada o‘zbekistonlik sportchi kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Yetti karra Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi tayanib sakrashda 14,475 natija qayd etgan holda ikkinchi bo‘ldi. Kam farq — 14,500 bilan ustunlikka erishgan kanadalik Shellon Olsen oltin medalga sazovor bo‘ldi. Yaponiyalik Xitomi Xatakeda (14,025) va kanadalik Bruklin Murs (13,225) bronza mukofotini qo‘lga kiritdi.

16−19 mart kunlari Oksana Chusovitina ayollar va erkaklar sport gimnastikasi bo‘yicha Bokuda (Ozarbayjon) o‘tkaziladigan FIG turkumidagi Jahon kubogida ishtirok etadi.

Foto