15-mart kuni O‘zbekistonga Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) prezidenti Suma Chakrabarti boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi.

TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, tashrifdan maqsad O‘zbekiston va YeTTB o‘rtasidagi hamkorlik holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishdan iborat.

Avvalroq ikki tomon munosabatlarida vujudga kelgan muayyan to‘xtalish hamkorlikning holati va istiqbollariga zamonaviy shartlar asosida yangicha nigoh tashlashga imkon berishi ta’kidlangan edi.