Xitoyda Shanxay universitetining markaziy maydoniga o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi, deb xabar qildi «Jahon» axborot agentligi. Bronza haykalining balandligi 3 metrni tashkil etadi.

Yodgorlikning ochilish marosimida Toshkent shahri hokimligi va Badiiy akademiya vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi. Xitoy tomonidan Shanxay universiteti va boshqa OTMlar, Xorij davlatlari bilan do‘stlik assotsiatsiyasi rahbarlari va xodimlari qatnashdi.