Toshkentning «Lokomotiv» futbol klubi safar uchrashuvida Eronning «Esteglal» jamoasidan mag‘lubiyatga uchradi. 13 mart kuni Tehronda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 2:0 hisobi qayd etildi.

Dastlabki 20 daqiqada Andrey Miklyayev shogirdlari uchrashuvda ustunlik ko‘rsatishdi, biroq hisobni mezbonlar ochdi. Berilgan burchak zarbasini Farshid Ismoil darvozaga yo‘llab qo‘ydi. Ikkinchi taymda Ali Gurbaniy hech qanday qarshiliksiz Ignatiy Nesterov qarshiligini yengib, g‘alabani mustahkamladi.

Uchinchi tur yakunlariga ko‘ra «Lokomotiv» 3 ochko bilan «A» guruhida so‘nggi pog‘onaga sho‘ng‘idi. Ro‘yxatni «Esteglal» (6) boshqarmoqda, uning ortidan Amirliklarning «Al-Ahli» (4) va Saudiyaning «Al-Taavun» (4) jamoalari bormoqda.

Video