O‘zbekistonlik dzyudochi Muhriddin Tilovov Bokuda (Ozarbayjon) «Katta dubulg‘a» turkumidagi xalqaro musobaqada kumush medal sohibi bo‘ldi. 10−12 mart kunlari bo‘lib o‘tgan musobaqada 31 mamlakatdan 182 nafar sportchi ishtirok etdi, deb xabar qildi Xalqaro dzyudo federatsiyasi IJF sayti.

60 kg gacha vazn toifasida Muhriddin Tilovov finalda yaponiyalik Toru Shishimega imkoniyatni boy bergan holda ikkinchi o‘rinni egalladi. Ozarbayjonlik Orxan Safarov va bolgar Yanislav Gerchev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

«Katta dubulg‘a» — IJF taqvimidagi nufuzli musobaqa bo‘lib, sportchilar nafaqat pul mukofotiga ega bo‘lishadi, balki o‘z reytinglarini ham yaxshilab olishadi.