Toshkent, poytaxt viloyati va Namanganda ichki ishlar boshqarma va bo‘limlariga yangi boshliqlar tayinlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV «Postda» gazetasi.

Podpolkovnik Farrux Haydarov Toshkent shahar Yakkasaroy tumani IIB, podpolkovnik Nematullo Haydarov Yunusobod tuman IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Toshkent viloyati IIB Tashkiliy-inspektorlik boshqarmasiga — podpolkovnik Hamidjon Anvarov, Huquqbuzarliklarning oldini olish boshqarmasiga — podpolkovnik Ismatjon Ibragimov va Qo‘riqlash boshqarmasiga — podpolkovnik Saidanvar Saida’loyev boshliq etib tayinlandi.

Poytaxt viloyati Qibray tumani IIBga polkovnik Alisher Rashidov, Oqqo‘rg‘on tumani IIBg podpolkovnik Artik Xudayberganov, Ohangaron IIBga podpolkovnik Sobirjon Ibragimov rahbarlik qiladi.

Muhammadjon Dadajanov Namangan shahar IIB boshlig‘i bo‘ldi.