Navro‘z bayrami kuni Toshkentning 23 ta joyida xalq sayllari bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi poytaxt hokimiyati matbuot xizmati. Sayllar shaharning quyidagi bir qator istirohat bog‘lari va maydonlarida ertalabki 10:00 dan boshlanadi:

  • Shayxontohur tumanidagi “Lokomotiv — Anhor” madaniyat va istirohat bog‘i yonidagi maydon;
  • Bektemir tumanidagi “Quyoshcha nuri” madaniyat va istirohat bog‘i;
  • Bektemir tumanidagi Binokor shaharchasi;
  • Mirobod tumanidagi “Furqat” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i;
  • “Temiryo‘lchilar” madaniyat saroyi;
  • “Mirzo Ulug‘bek” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i;
  • Shastri maydoni yonidagi hudud (sobiq Hayvonot bog‘i);
  • “Lokomotiv” madaniyat va istirohat bog‘i;
  • Akademiklar shaharchasidagi Mirzo Ulug‘bek haykali orqasidagi maydon;
  • Sergeli tumanidagi “Green Park” madaniyat va istirohat bog‘i;
  • Sergeli tumani hokimligi yonidagi “Kamolot” bog‘i hududi;
  • Uchtepa tumanidagi “Bog‘i shamol” madaniyat va istirohat bog‘i;
  • Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i;
  • Olmazor tumanidagi “Nurafshon” madaniyat va istirohat bog‘i;
  • Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy bog‘i;
  • G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i;
  • O‘zbek Davlat sirki oldi maydoni;
  • Shayxontohur tumanidagi “Ibn Sino” mavzesida yangi tashkil etilgan bog‘ hududi;
  • Yunusobod tumanidagi Saylgoh maydoni;
  • Toshkent Hayvonot bog‘i oldi maydoni;
  • Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i;
  • Pushkin bog‘i hududi Respublika Baynalmilal madaniyat markazi binosi oldi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Ma’naviyat ma’rifat markazi (sobiq “Aviasozlar” madaniyat saroyi) maydoni.

Bayram tadbirlari doirasida qadimiy urf-odatlarga xos bo‘lgan dorbozlar, qiziqchilar, xalq teatri vakillari, askiyachilar, badiiy havaskorlik jamoalari, folklor-etnografik ansambllar, sirk artistlari, baxshilar, shoirlar, shuningdek professional ijrochilar va iste’dodli estrada artistlarining chiqishlari hamda ommaviy sport o‘yinlari (polvonlar musoboqasi, arqon tortish va hokazo) tashkil etiladi. Navro‘z sayillari bo‘lib o‘tadigan maydonlar, sayilgohlar, istirohat bog‘larida milliy va bahor taomlari savdosi yo‘lga qo‘yiladi.