Hozirgi kunda yozning jazirama issiq kunlarini salqin ichimliklarsiz tasavvur qilib bo‘lmaganidek, hayotimizni sovutgichlarsiz tasavvur qilish qiyin. Vitrina sovutgichlari yaqinda paydo bo‘lganiga qaramay har bir do‘konning ajralmas qismiga aylandi.

Vitrina sovutgichlari biznes taraqqiyotida yaxshi yordamchidir. Vitrina sovutgichlari o‘zining mukammal dizayni, ichining keng va ochiq ko‘rinishi tufayli mahsulotingizni yanada yorqin va jozibador ko‘rinishini ta’minlaydi. To‘g‘ri va chiroyli joylashtirilgan mahsulot — yaxshi savdo garovidir.

Barchaga ma’lumki, Yevropa standarti dunyo miqyosida yuqori sifat belgisini bildiradi. O‘zbekistonda Artel kompaniyasi tomonidan Yevropaning yuqori sifatli Embraco kompressori bilan jihozlangan vitrina sovutgichlari ishlab chiqarilmoqda.

Artel kompaniyasi mijozlar uchun quyidagi yengilliklarni taqdim etadi:

  • 3 yil bepul kafolat (bepul ta’mirlatish va ehtiyot qismlarini bepul almashtirish);
  • O‘zbekiston bo‘ylab 30 dan ortiq servis markazlar;
  • Kreditga xarid qilish imkoni.

To‘g‘ri tanlangan biznes hamkor uzoq muddatli ish rivojini ta’minlashi hech kimga sir emas. Aynan shuning uchun bugungi kunda Hydrolife, Shaffof, Ice tea, Silver, Krone, Mehnat va Dolce kabi yirik kompaniyalar yuqori sifatli mahsulotlari va qulayligi uchun Artel bilan ishonchli hamkorlikni tanlashdi. Hozirgi paytda Sosa-Cola kompaniyasi uchun vitrina sovutgichlarini sinovdan o‘tkazish boshlandi.

Reklama huquqi asosida. Maxsulotlar sertifikatlangan.