Sarvinoz Qurbonboyeva Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidentlik kengashi tomonidan tasdiqlangan xalqaro grossmeyster unvoniga ega bo‘ldi, deb xabar qildi O‘zA.
O‘zbekiston chempionatlarida ko‘p marotaba g‘olib bo‘lgan Sarvinoz Qurbonboyeva 2008 yilda Eron, 2009 yilda Hindistonda o‘tgan Osiyo chempionatlarida kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi, 2010 yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti, shuningdek, «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
2014 yilda xalqaro sport ustasi talablarini bajardi. O‘zbekiston ayollar termasi tarkibida Abu-Dabida (BAA) tashkil etilgan «Osiyo xalqlari Kubogi-2016» xalqaro musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Nodirbek Abdusattorov va Roman Golubev (xalqaro ustalar), Aleksandr Zagrebelniy (FIDE hakami) va Xurshidabonu Xoliqova (xalqaro tashkilotchi) ham unvonlarga ega bo‘ldi.