O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 3 martdagi qarori bilan Iskandar Jo‘rayev Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda qo‘mitasining Feysbukdagi sahifasida xabar qilindi.

Davlat rahbarining boshqa qarori bilan Farhod Turdiyev Davlat sport qo‘mitasi raisi o‘rinbosarligiga tayinlandi.

Bundan avvalroq Rustam Qurbonov Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi rahbarligiga tayinlangan edi.

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi Prezidentning 15 fevraldagi farmoni bilan tashkil etilgan.