Suxrob Xolmurodov O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruv raisi etib tayinlandi. «Gazeta.uz» xabari bankda tasdiqlandi.

O‘tgan yildan boshlab u raisning birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Suxrob Xolmurodov (1973 yilda tug‘ilgan) — Toshkent moliya instituti bitiruvchisi (2000 yil). Bank sohasida 1993 yildan buyon ishlaydi.
Milliy bankning avvalgi raisi (2005 yildan buyon) Saidahmat Rahimov edi.