O‘zbekiston ichki ishlar vaziri bir qator ichki ishlar boshqarma va bo‘limlariga yangi boshliqlarni tayinladi. Bu haqda «Postda» nashri xabar berdi.

Polkovnik Saidkarim Nishonboyev Toshkent viloyat IIB, polkovnik Shuhrat Sobirov Andijon viloyat
IIB, polkovnik Shuhrat Parpiyev Andijon IIB boshliqligiga tayinlandi.
Andijon viloyati Shahrixon IIBga podpolkovnik Akmaljon Yuldashev, Marhamat IIBga podpolkovnik Mahamadjon Nishonov va Izboskan tuman IIBga podpolkovnik Bektemir Bahromov boshliq bo‘ldi.
Farg‘ona viloyat IIB o‘rinbosari hamda Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash boshqarmasiga podpolkovnik Baxtiyor Rajapov boshliq etib tayinlandi.
Jizzax viloyatida ham bir qator rahbar o‘zgarishlari tasdiqlandi. Podpolkovnik Obidjon Sherqulov Zarbdor tuman IIBga, podpolkovnik Ilhom Sulaymonov Yangiobod IIBga, mayor Ilhom Xadjamqulov Zafarobod IIBga boshliq etib tayinlandi.