3-mart kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Elbek Shukurov nomzodi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarligiga tasdiqlandi. Raisning yangi o‘rinbosari o‘z deputatligini ham saqlab qoladi.

Elbek Shukurov 1988 yili Toshkentda tug‘ilgan. 2009 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomladi. Mehnat faoliyatini “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakatida boshlab, bir necha yillar davomida turli lavozimlarda, jumladan tashkilotning Toshkent shahar kengashi raisi sifatida faoliyat olib bordi.

2014 yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi. Byudjet va islohotlar qo‘mitasi a’zosi hisoblanadi.