1941−45 yillardagi urush faxriysi, kogonlik (Buxoro viloyati) 92 yoshli Mariya Aliyeva 8 mart bayramiga Prezident Shavkat Mirziyoyevdan ikki xonali uyni sovg‘a qilib oldi.

Faxriyning o‘z yaqinlari bilan yangi uyda turgani va davlat rahbariga minnatdorchilik bildirgani tasvirlangan videorolik Shavkat Mirziyoyevning Facebook’dagi sahifasida e’lon qilindi.

Bunga qadar Mariya Aliyevaning turar joyi talabga javob bermas edi. Ta’mirlangan va mebellar joylashtirilgan xonadon Kogonda qurilgan uyning birinchi qavatida joylashgan, deb xabar qildi Buxoro viloyati hokimiyati matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Xonadonni yangi egalariga topshirish marosimida Kogon hokimi va viloyat hokimi o‘rinbosari ishtirok etdi.

Onaxon va uning yaqinlari Prezidentga sovg‘a uchun chin yurakdan minnatdorchilik bildirdi. Faxriy Shavkat Mirziyoyevga uzoq umr tilab, uning faoliyatidan juda mamnun ekanini ta’kidlab o‘tdi.

Video