O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sentyabrda Nyu-Yorkda ochiladigan BMT Bosh Assambleyasining navbatdagi sessiyasida ishtirok etmoqchi. Bu haqda davlat rahbari BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga O‘zbekistonning BMTga a’zo bo‘lganining 25 yilligi munosabati bilan (2 mart) yo‘llagan maktubida ma’lum qildi.

«Siz bilan joriy yil sentyabr oyida Nyu-Yorkda bo‘ladigan BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida uchrashamiz, degan umiddaman», — deyiladi maktubda.

Bosh Assambleya har yili sentyabrning uchinchi seshanbasida navbatdagi sessiyasiga jam bo‘ladi. Navbatdagi sessiya hisob bo‘yicha 71- bo‘ladi.