O‘zbekiston poytaxti markazidagi sobiq hayvonot bog‘ining 12 ga maydondagi hududida Bobur nomli Toshkent markaziy istirohat bog‘i qurilmoqda.

Bo‘lg‘usi bog‘ panjarasiga o‘rnatilgan eskizlariga nazar tashlansa, bog‘ barcha yoshdagi kishilar uchun sayr qilish, dam olish va sport bilan shug‘ullanish uchun joyga aylantirilishini ko‘rish mumkin.

Sayr uchun yo‘laklar va ko‘plab o‘rindiqlardan tashqari, bu yerda yugurish va velosiped haydash uchun yo‘laklar, futbol maydonlari va ochiq trenajyorlarni bunyod etish rejalashtirilgan.

Bog‘da 150 o‘ringa mo‘ljallangan peshayvonli kafe, markazdagi orolchada esa to‘y marosimlari va fotosessiyalar uchun maxsus maydoncha tashkil etiladi. Suv havzasi qirg‘og‘ida kemalar uchun pirs quriladi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, yangi bog‘ Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni — 1 iyunda ochilishi rejalashtirilgan.

Foto