O‘zbekistonlik Sky Angels tasmada havo gimnastlari dueti 3 mart kuni Las-Vegasda (AQSH) bo‘lib o‘tadigan Cirque du Soleil — One Night for One Drop («Bir qatra uchun bir tun») xayriya shousida ishtirok etadi. Bu haqda duet ishtirokchisi Kristina Vorobyova «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Foto: fb.com/christophe.roullincircorama.

Yaqindagina Monte-Karlodagi festivalda sirk «Oskar"ini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonliklardan tashqari, kecha doirasida akrobatlar, gimnastlar, {faafb069}, shuningdek maxsus taklif etilgan mehmonlar — repper Redfoo, The Tenors guruhi, «Amerikada iqtidorlar bor-2016» tanlovi g‘olibi Greys Vandervol, Argentinaning Malevo raqs guruhi va kanadalik aktyor Uilyam Shener ishtirok etadi. Loyihada 300 nafarga yaqin kishi, jumladan, 63 artist bepul, ko‘ngilli ravishda ishtirok etadi.

Chiptalar savdosidan tushgan barcha mablag‘lar ONE DROP («Bir qatra») {5abfb1e4} tashkilotining xayriya dasturlariga borib tushadi. Shou 2013 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan bo‘lib, bu davr ichida 24 mln dollarga yaqin mablag‘ yig‘ilgan.

ONE DROP — Cirque du Soleil asoschisi Gi Laliberte tashabbusi bilan tashkil etilgan xayriya tashkiloti. Tashkilotning asosiy maqsadi — {902fb188} ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojni qondirish orqali qashshoqlik ustidan g‘alaba qozonish va suv bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha xabardorlik {fbe4e9d6} oshirish.