“Bunyodkor” futbol klubi 2017-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi ikkinchi turi doirasida bo‘lib o‘tgan uy uchrashuvida Birlashgan Arab Amirliklarining"Al-Ayn" jamoasidan mag‘lubiyatga uchradi. 28-fevral kuni Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuv 2:3 hisobida yakun topdi.

Uchrashuv ko‘tarinki ruhda boshlandi, dastlabki 15 daqiqa ichida jamoalar uchta gol kiritishdi. Hisobni mehmonlar ochdi — Umar Abdulrahmon 8-daqiqada jarima to‘pini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib “qaldirg‘ochlar” hisobni tenglashtirdi, biroq ko‘pga emas. Lukas Kayo “Al-Ayn"ni oldinga olib chiqdi. Birinchi qism yakunlanishi arafasida yosh yarimhimoyachi Dostonbek Hamdamov cham qanotdan tezkor hujum uyushtirib, hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi taymda mezbonlar bir kishi kam bo‘lib o‘yinni davom ettirdi — himoyachi Akromjon Komilov 72-daqiqada qizil kartochka oldi. Umar Abdulrahmon 11 metrlik jarima to‘pini gol bilan yakunladi va dubl qayd etdi.

Ikki turdan so‘ng “S” guruhida Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” (6) jamoasi yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarda “Al-Ayn” (4) va Eronning “Zob Axan” klubi bormoqda. Sergey Lushan jamoasi hisobida birorta ham ochkosi bo‘lmagan holda so‘nggi o‘rinni band etib turibdi.

Statistika

Video