O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev seshanba kuni mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkinni qabul qildi, deb xabar berdi «O‘zbekiston» telekanalining «Axborot» dasturi.

Shavkat Mirziyoyev ikki mamlakatning zamonaviy tahdidlar va xatarlarga qarshi kurash sohasidagi hamkorligi yuqori darajada ekanini qayd etib o‘tdi.

Uchrashuvda ekstremizm va terrorizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Sergey Narishkin ikki mamlakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha dolzarb vazifalarni hal etishdagi o‘zaro aloqalar darajasini yuqori baholadi.