O‘zbekiston bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev Pekinda Xitoy Oliy xalq prokuraturasi bosh prokurori Sao Szyanmin bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Tomonlar o‘zaro hamkorlik holati va istiqbollarini muhokama qildi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha 2017−2018 yillarda hamkorlik dasturi imzolandi.

Tomonlar O‘zbekiston Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari va XXR Oliy xalq prokuraturasining Davlat prokurorlar instituti o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumini ham imzoladi.