O‘zbekistonlik gimnastikachiOksana Chusovitina 24−26-fevral kunlari Hyustonda (AQSh) bo‘lib o‘tgan 23-Houston National Invitational xalqaro birinchiligida to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi. Musobaqada 1600 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi.

Oksana Chusovitinaning Instagramda xabar qilishicha, u tayanib sakrash va erkin mashqlarda oltin, xoda ustida mashqlar va ko‘pkurashda bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Hozirda o‘zbekistonlik gimnastikachi 2−10 oktyabr kunlari Monrealda (Kanada) bo‘lib o‘tadigan sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Video