Fevralda quturishga qarshi kurash bo‘yicha oylik davomida O‘zbekistonda 67,4 ming it quturishga qarshi emlandi, deb xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati vakili juma kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Mamlakat bo‘yicha jami bo‘lib 1,4 mln boshdan ziyod profilaktik emlashdan o‘tgan uy kuchugi va mushuk ro‘yxatga olingan. 2011−2016 yillarda nazoratsiz jonivorlar tishlashidan jabrlanganlar soni 49,47 mingda 59,67 kishiga ortdi. Shu sababli quturishga qarshi vositalar uchun ajratiluvchi mablag‘ ham 1,1 mlrd so‘mdan 7 mlrd so‘mga qadar oshirildi.

Jonivorlar tishlashidan 8059 holat qayd etilgan Toshkent viloyati aholisi eng ko‘p aziyat chekkan. Keyingi o‘rinlarda Surxondaryo (6594), Buxoro (5688) viloyati va Toshkent tilga olindi. Jabrlanganlar soni Navoiy viloyatida (2708) eng kamni tashkil etadi.

87,2 foiz yoki 51,95 ming holatda kuchuk tishlashi qayd etilgan bo‘lsa, 6,8 foizda — mushuklar. Bir qism holatlar boshqa uy hayvonlari, kemiruvchilar va yovvoyi hayvonlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘tkazilgan chora-tadbirlar davomida uylarda kuchuklarni saqlash qoidalarini buzgan 145 fuqaroga nisbatan ma’muriy javobgarlik qo‘llanilib, ular 7,12 mln so‘mlik jarimaga tortildi.