Aralash yakkakurashlar jangchisi Ulug‘bek Gadoyev (2−2) 25 fevral kuni Rossiyaning Belgorod shahrida MMA bo‘yicha Bars Night Battle professional musobaqasi doirasida ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Belgorodning «Gladiator» jangchilar klubi nomidan bellashgan 22 yoshli O‘zbekiston vakili 84 kg gacha vazn toifasida mahalliy «Partizan» klubi vakili hisoblangan 23 yoshli Ruslan Moiseyenko (0−1) bilan o‘zaro jang olib bordi.

Kechadagi barcha janglar ichida eng tomoshabinbopi bo‘lgan bellashuv besh daqiqalik barcha uch raund ham to‘liq davom etdi.

Foto: bel.ru.

Birinchi raund Ruslan Moisenko ustunligida o‘tgan bo‘lsa, ikkinchi raundda esa o‘zbekistonlik sportning qo‘li baland keldi. Natijada hakamlar qo‘shimcha raund belgiladi. Yanada qizg‘in kurashlarga boy o‘tgan so‘nggi raundda Ulug‘bek Gadoyev hakamlar qaroriga ko‘ra g‘olib bo‘ldi.