O‘zbekistonlik bokschi Sanjar Rahmonov 24 fevral kuni Temekulda (Kaliforniya, AQSH) bo‘lib o‘tgan ShoBox: The New Generation professional boks kechasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Shou yaqindagina 40 yoshini nishonlagan afsonaviy bokschi Floyd Meyvezerning promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etildi. Showtime telekanali barcha to‘qqiz jangni translyatsiya qildi.

27 yoshli Andijon sport maktabi vakili meksikalik Joze Marrufo (10−6−2, 0 KO) bilan bellashdi. Qizg‘in va tomoshabinbop o‘tgan uchrashuvda hakamlar uch raund yakuni bo‘yicha Sanjar Rahmonovni g‘olib deb topdi.

«Biz jangda g‘alaba qozondik! Biroq men shogirdimga haqiqiy jangni taqdim etgan Joze Marrufoga minnatdorchiligimni bildirishni xohlar edim, — dedi o‘zbekistonlik bokschining murabbiyi Dyui Kuper. — U Sanjar Rahmonov bilan haqiqatdan tomoshabinbop bo‘lgan barcha sakkiz raundda teng kurashib, unga yaxshiroq bo‘lishiga yordamlashdi. Biz g‘alabani nishonlaymiz, biroq bugun mag‘lub bo‘lganlar yo‘q — har ikki bokschi ham ruh va jo‘shqinlikni namoyon etishdi».

Showtime New Generation — yangi avlod bokschilari bellashadigan boks musobaqalari seriyasi.