22 fevral kuni Toshkent IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshqarilmaydigan piyodalar o‘tish joylariga ko‘rinish darajasi yuqori yo‘l belgilarini o‘rnatishni boshladi.

Yorqin sariq hoshiyali (belgidagi oq fondagi kabi nur qaytaruvchi) «Piyodalar o‘tish joyi» belgilari chorshanba kuni Keles yo‘li va Mehr ko‘chalari, shuningdek, Kichik halqa yo‘li bo‘ylab «Chilonzor» metro bekati yaqinida, payshanba kuni esa — 12 polosali Amir Temur shoh ko‘chasining uchta o‘tish joyiga o‘rnatildi.

Nafaqat mavjud belgilar almashtirilmoqda, balki yetishmayotgan joylarga ham o‘rnatilmoqda. Keyingi navbatda Amir Temur shoh ko‘chasi orqali (Kichik halqa yo‘li) yo‘l o‘tkazgich yaqinida ham belgilar yangilandi.


YHXBning «Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, yangi belgilar ko‘rinish darajasining yaxshilangani hisobiga yo‘llarning xavfli uchastkalarida piyodalar xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi. Muxbirimiz belgilarni o‘rnatuvchilarning ishlari bilan tanishdi.

Foto