O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev martda Qozog‘istonga davlat tashrifi bilan boradi. Bu haqda «Gazeta.uz» muxbiriga payshanba kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 16-yig‘ilishi jarayonida ma’lum bo‘ldi.

Mazkur tashrif strategik hamkorlikning yangi bosqichini ochishi lozim, deya ta’kidladi O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ochilboy Rametov kirish so‘zida. «Hukumatlararo komissiyaning mazkur yig‘ilishini o‘tkazishda biz bo‘lib o‘tajak oliy darajadagi uchrashuv kun tartibini to‘ldirish bo‘yicha hamkorlikdagi amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida muhim tayyorgarlik tadbirlari sifatidagi aniq va muhim manfaatli loyihalarni ko‘rib chiqamiz», — dedi bosh vazirning birinchi o‘rinbosari.

Qozog‘iston delegatsiyasiga bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Askar Mamin boshchilik qilmoqda. Kirish so‘zida u ikki mamlakat hamkorligi tez sur’atlarda rivojlanayotgani, hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi har ikki tomonning ko‘p rejali hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini tasdiqlashini ta’kidlab o‘tdi.

2016 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi mahsulot ayriboshlash hajmi 2 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil etdi.

Bugungi kunda mamlakatda Qozog‘iston kapitali ishtirokidagi 229 ta korxona faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ularning 192 tasi QK va 37 tasi 100 foizlik xorijiy kapital asosida tashkil etilgan.

O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vazirligi huzurida uchta Qozog‘iston firma va kompaniyasi akkreditatsiyadan o‘tgan.