2017 yil 23 fevral kuni soat 16:30 da Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahridagi «Farg‘onaazot» OAJning ammiak sexida ta’mirlash-montaj ishlari jarayonida portlash sodir bo‘lgan, deb xabar berdi FVV matbuot xizmati. Qurbonlar bor (halok bo‘lganlar soni xabar qilinmadi).

Voqea sabablarini o‘rganish va baxtsiz hodisadan zarar ko‘rganlarning oilalariga kerakli yordam ko‘rsatish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi.