22-fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xalqaro qizil xoch qo‘mitasining (XQXQ) Markaziy Osiyodagi Mintaqaviy vakolatxonasi yangi rahbari Jan-Jerom Kasabyankani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Jan-Jerom Kasabyanka vazirga XQXQ Prezidenti Peter Maurer imzolagan tayinlov to‘g‘risidagi maktubni topshirdi. Suhbat davomida 2017-yilda 25 yil to‘ladigan O‘zbekiston va XQXQ o‘rtasidagi hamroklikning hozirgi holati va rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv chog‘ida o‘zaro kelishilgan loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.