23-fevralda ochilishi rejalashtirilgan Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari chorrahasi 1-martga qadar yopiq bo‘ladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi xabar qildi.

Mazkur chorrahada avtomobil yo‘l o‘tkazgichi va piyodalar yer usti o‘tish yo‘lini qurish ishlari davom ettirilmoqda. Qurilish ishlarini 21-martga qadar yakunlash rejalashtirilgan.

Haydovchilarga noqulayliklarga uchramaslik uchun boshqa yo‘llardan foydalanish tavsiya etilmoqda.