O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmidan havo haroratining ko‘tarilishi kutilmoqda. O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi qator hududlarda kechki harorat nol darajaga yetadi yoki undan ko‘tariladi.

Dam olish kunlari mamlakat bo‘ylab nisbatan issiq havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzgi eng yuqori harorat Farg‘ona vodiysi hududlarida +5…+10, respublikaning janubiy viloyatlarida +10…+15 darajagacha bo‘ladi.

22−25 fevral kunlari Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati hududida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22 fevralda −8…−3, 23−25 fevralda — −3…+2, kunduzi — +7…+12 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 22−24 fevral kunlari yog‘ingarchiliklar kutilmaydi. 25 fevralda ayrim tumanlarda bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi ehtimoli bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini g‘arbga o‘zgartirgan holda 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22 fevral kechasi −10…−5, kunduzi — 0…+5 daraja, 23−25 fevral kunlari kechasi — 0…+5, kunduzi 23−24 fevralda — +10…+15, 25 fevralda — +7…+12 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 22−24 fevral kunlari yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. 25 fevral kuni ayrim hududlarda bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Joylarga tuman tushish ehtimoli bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini g‘arbga o‘zgartirgan holda 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22 fevral kuni kechasi −12…−7, kunduzi −5…0, ayrim joylarda +2…+4 daraja; 23−24 fevral kunlari kechasi −7…−2, kunduzi — +7…+12, ayrim joylarda +13…+15 daraja; 25 fevral kechasi — 0…+5, kunduzi — +7…+12 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 22−24 fevral kunlari yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. 25 fevral kuni ayrim hududlarda bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Joylarga tuman tushish ehtimoli bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini g‘arbga o‘zgartirgan holda 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22 fevral kuni kechasi −10…−5, kunduzi 0…+5 daraja, 23−25 fevral kunlari kechasi 0…+5, kunduzi +10…+15 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. Ayrim joylarga tuman tushish ehtimoli bor. Sharqiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22 fevral kuni kechasi −10…−5, kunduzi 0…+5 daraja, 23−24 fevral kunlari kechasi −7…−2, kunduzi — +3…8 daraja; 25 fevral kechasi −2…+3, kunduzi — +5…+10 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 22−24 fevral kunlari yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. 25 fevral kuni ayrim hududlarda bir oz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushish ehtimoli bor. Sharqiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22 fevral kuni kechasi −17…−12, kunduzi −8…−3 daraja, 23−25 fevral kunlari kechasi −5…0, kunduzi — +2…+7 daraja bo‘ladi.