O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi, deb xabar qildi IIVning «Postda» gazetasi.

Podpolkovnik Hayotjon Soliyev Farg‘ona IIB, podpolkovnik Ilhomjon Sotvoldiyev Farg‘ona viloyati Beshariq tuman IIB, podpolkovnik Rustamjon Tojiyev Dang‘ara tuman IIB, podpolkovnik Dilshod Ro‘zmatov Qo‘shtepa tuman IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Termiz IIBga podpolkovnik Sharofiddin Saidov, Surxondaryo viloyati Termiz tumani IIBga podpolkovnik Jahongir Hasanov, Jarqo‘rg‘on IIBga podpolkovnik Roziq Sobirov, Boysun tuman IIBga podpolkovnik Shurqo‘zi Sattorov, Qumqurg‘on tuman IIBga mayor O‘tkir Shukurov boshliq bo‘ldi.

Mayor Erkin Safarov Buxoro viloyati Peshko‘ tumani IIB boshlig‘i etib tayinlandi.

Avvalroq Toshkent IIBB Xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga podpolkovnik Behzod Sayfullayev, poytaxt IIBB Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash boshqarmasiga podpolkovnik Elbek Xayrullayev, Sirdaryo viloyati Guliston shahar IIBga podpolkovnik Bahriddin Qarshiboyev boshliq etib tayinlangan edi.