Toshkentdagi tibbiyot markazlari bosh shifokorlari, shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi, shahar diagnostika markazi va tumanlar tibbiyot birlashmalari rahbariyati poytaxt hokimi tomonidan tayinlanadi.

Juma kuni bo‘lib o‘tgan brifingda hokim o‘rinbosari, Toshkent xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Farida Abdurahimovaning xabar qilishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 fevral kuni shu haqda qarorni qabul qildi. Avval tayinlash huquqi Sog‘liqni saqlash vazirligiga tegishli edi.

Poytaxt hokimi Rahmonbek Usmonovning 17-fevraldagi qarorida bir joyda 10 yildan ortiq faoliyat olib borgan rahbarlarni rotatsiya qilish mexanizmini tadbiq etish ko‘zda tutilgan. Hujjat bilan tibbiyot muassasalari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish ham rejalashtirilgan.