Tohirjon Jalilov “O‘zavtosanoat” raisi o‘rinbosari lavozimiga qaytdi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati “Gazeta.uz"ga. U mazkur lavozimda 2010-yil noyabridan 2016-yil bahoriga qadar ishlagan, bir vaqtning o‘zida GM Uzbekistan QK bosh direktori ham edi.

Tohirjon Jalilov (1969-yilda tug‘ilgan) — Toshkent texnika universiteti bitiruvchisi (1993-yil). O‘zbekiston avtosanoati sohasida faoliyatini 1998-yilda “O‘zDEUavto” AJ savdo va avtoservis boshqarmasi tashqi savdo direksiyasida muhandislikdan boshlagan.

1998−2003-yillarda — “UzDEU-Ijevsk” YOAJ bosh direktori, 2003−2010-yillarda — “UzDEUavto-Saratov” YOAJ bosh direktori (2004−2005-yillarda — bir vaqtning o‘zida Kiyevdagi “Ukr-Uzavto” bosh direktor v. b, 2007−2009-yillarda — “UzavtoRus” MCHJda o‘rindoshlik asosida bosh direktor v. b) lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2009−2010-yillarda GM Uzbekistan YOAJ marketing, savdo va avtoservis boshqarmasi direktori bo‘lgan.