14-fevral kuni Toshkentda madaniyat, san’at vakillari, jurnalistlar va sportchilarga “E'tirof” milliy mukofotini topshirishga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.

Madaniyat va sport ishlari vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda 6 ta: “Teatr, kino va ommaviy tomoshalar”, “Estrada, an’anaviy, opera xonandaligi, musiqa ijrochiligi va raqs san’ati”, “Tasviriy va amaliy san’at”, “Badiiy ijod, jurnalistika va televideniye”, “Sport”, “E'tibor, ehtirom, e’zoz” yo‘nalishlari bo‘yicha 49 nominatsiya g‘oliblari aniqlandi.

“E'tirof-2016” sovrindorlari

Tasviriy va amaliy san’at

  • Yilning eng yaxshi rassomi — Hakim Mirzaahmedov;
  • Yilning eng mohir hunarmandi — Rahmatilla Zokirov;
  • Yilning eng yaxshi san’atshunosi — Kamola Oqilova;
  • Yilning eng yaxshi haykaltaroshi — Qurbon Norxo‘rozov;

Badiiy ijod, jurnalistika va televideniye

  • Yilning eng yaxshi shoiri — Zebo Mirzayeva;
  • Yilning eng yaxshi yozuvchisi — Xurshid Do‘stmuhammad;
  • Yil teleloyihasi — “Mening ovozim” Sevara O‘rinboyeva;
  • Yilning eng yaxshi teleradio jurnalisti — Aziza Qurbonova;
  • Yil radioloyihasi — “Asl san’at o‘ylari” Gulnoza Mo‘minova;
  • Yilning eng yaxshi publitsisti — Bexzod Shukurov;
  • Yilning eng yaxshi munaqqidi — Naim Karimov;
  • Yilning eng yaxshi boshlovchisi — Marufjon Xo‘jaqulov, “Sport” telekanali;

Teatr, kino va ommaviy tomoshalar

  • Yilning eng yaxshi spektakli — “Mirzo Ulug‘bek” spektakli Samarqand viloyati musiqali drama teatri;
  • Yilning eng yaxshi teatr aktyori — Tohir Saidov;
  • Yilning eng yaxshi teatr aktrisasi — Dilorom Abduvaliyeva;
  • Yilning eng yaxshi teatr rejissyori — Alimjon Salimov;
  • Yil dramaturgi — Erkin Azam;
  • Yilning eng yaxshi teatr rejissyori — Sergey Chernov;
  • Sirk aktrisasi — Anjelika Yunusova;
  • Yilning eng yaxshi kinofilmi — “Baron”;
  • Yilning eng yaxshi kino aktyori — Farhod Abdullayev;
  • Yilning eng yaxshi kino aktrisasi — Elmira Rahimjonova;
  • Yilning eng yaxshi kino rejissyori — Rustam Sadiyev;
  • Yilning eng yaxshi kino ssenaristi — Zulfiqor Musoqov;
  • Yilning eng yaxshi kino operatori — Rustam Murodov;
  • Chet mamlakatlardagi eng yaxshi filmlar aktyori — Farhod Mahmudov;

Sport

  • Yil sportchisi — Hasanboy Do‘smatov;
  • Yil murabbiyi — Bahrom Abdumalikov;
  • Yil paralimpiyachisi — Husniddin Norbekov;
  • Yilning eng yaxshi ayol sportchisi — Fotimaxon Amilova;

Estrada, an’anaviy, opera xonandaligi, musiqa ijrochiligi va raqs san’ati

  • Yilning eng yaxshi erkak estrada xonandasi — Shoxruhxon;
  • Yilning eng yaxshi ayol estrada xonandasi — Shahzoda;
  • Yilning eng faol guruhi — “Surxon”;
  • Yilning eng yaxshi an’anaviy qo‘shiqlar erkak xonandasi — Yaxyo va Muxsin Mo‘minovlar;
  • Yilning eng yaxshi an’anaviy qo‘shiqlar ayol xonandasi — Roxila Ruzimova;
  • Yilning eng yaxshi opera xonandasi — Rahimjon Mirzakomilov;
  • Yilning eng yaxshi musiqa sayqalchisi — Farhod Abdullayev;
  • Yilning eng yaxshi baletmeysteri — Qobiljon Mo‘minov;
  • Yilning eng yaxshi raqs ijrochisi — Sherzod Kenjaboyev;
  • Yilning eng yaxshi bastakori — Shuhrat Zokirov;
  • Yilning eng yaxshi raqqosasi — Dilnoza Ortiqova.

“E'tibor, ehtirom, e’zoz”

  • Yil e’tirofi — O‘lmas Saidjonov, Po‘lat Saidqosimov, Galina Melnikova, Anor Nazarov, Ravshan Mirtojiyev, Qunduz Mirkarimova, Nasiba Maqsudova.

Foto