O‘zbekistonda import qilinuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik dori vositalari va tibbiy buyumlarga qayd qilingan chegaralangan narxlar belgilandi. Ular ro‘yxati Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi saytida e’lon qilindi.

Avvalroq milliy ishlab chiqaruvchilarning ijtimoiy ahamiyatga molik dori vositalari va tibbiy buyumlariga belgilangan narx chegaralari tasdiqlangani to‘g‘risida xabar qilingan edi.

O‘tgan yilning 31-oktyabrdagi qaroriga muvofiq, narxlar Davolash muassasalari va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash Respublika komissiyasi tomonidan belgilanadi. Ro‘yxatdan jami 116 nomdagi O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan, 227 nomdagi xorijdan import qilinadigan dori-darmon vositalari o‘rin olgan.