Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi («O‘zavtoyo‘l» DAK) negizida O‘zbekiston Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasini tashkil etildi. O‘zA xabariga ko‘ra, bu Prezidentning «Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonida ko‘zda tutilgan.

Qayta tashkil etilishdan maqsad — avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarni loyihalashtirish, qurish va foydalanish jarayoniga kompleks yondashish asosida yo‘l xo‘jaligini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish, ularni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, loyihalashtirish va yo‘l-qurilish ishlari sifatini oshirish imkonini beradigan to‘laqonli buyurtmachi xizmatini yaratishdan iborat.

Yangi qo‘mitaning asosiy vazifa va yo‘nalishlari avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnika siyosatini olib borish, avtomobil yo‘llarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, avtomobil yo‘llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash, avtomobil yo‘llarining xalqaro tranzit yo‘laklarini shakllantirish, zamonaviy transport oqimi sharoitlarida avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olib, avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta’mirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini ta’minlash hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish, avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sifati ustidan nazoratni amalga oshirishdan iborat.

Qo‘mita xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining mavjud tarmog‘i saqlanishini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish, ularning yuqori transport-foydalanish darajasida bo‘lishini ta’minlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish, avtomobil yo‘llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan, chet ellarda o‘quv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish bilan shug‘ullanadi.

Qo‘mita vazifalari qatoridan avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sifati ustidan nazoratni amalga oshirish, xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining mavjud tarmog‘i saqlanishini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish, ularning yuqori transport-foydalanish darajasida bo‘lishini ta’minlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish, avtomobil yo‘llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan, chet ellarda o‘quv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish ham o‘rin olgan.

Farmonda Vazirlar Mahkamasi huzurida Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tashkil etish belgilangan.

Uning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo‘l qurilishi ishlarida, yo‘l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish, qurilishi tugallangan yo‘l ob’ektlarini foydalanishga qabul qilish bo‘yicha komissiyalar ishida qatnashish, yo‘l qurilishi yuzasidan shaharsozlik qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilishni tashkil etish borasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar kiritish va unda ishtirok etish, yo‘l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini olib borishdan iborat.

Hujjatda Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysundirilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilangan. Uning vazifalari qatoriga Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari tushumi hamda sarfining yillik va choraklik hisobotlarini shakllantirish, yo‘l xo‘jaligi ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlashning nomma-nom ro‘yxatlarini belgilangan tartibda kelishish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridan foydalanish va ularni saqlash xarajatlari smetasini ro‘yxatdan o‘tkazish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, jihozlash hamda ulardan foydalanish borasidagi tadbirlarni tasdiqlangan xarajatlarga muvofiq moliyalashtirish kiritilgan.

Boshqa bir hujjat — Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarorida esa O‘zbekiston Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi huzurida Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasini tashkil etish, hududiy bosh boshqarmalar huzurida mintaqaviy avtomobil yo‘llarini ta’mirlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar tashkil etish nazarda tutiladi.

Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish instituti hamda ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari O‘zbekiston avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tarkibiga berilmoqda.