Bobur nomidagi O‘sh davlat akademik o‘zbek musiqali drama teatri ijodiy jamoasi 12 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

10-fevral kuni Qirg‘izistonning teatr delegatsiyasi Namangan viloyati Norin tumanidagi chegara postida kutib olindi, deb xabar qildi O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmati.

Teatr delegatsiyasining ijodiy safari 10-fevral kuni Andijon viloyatida boshlangan bo‘lsa, 13−14-fevral kunlari “Aykol Manas” spektakli Namangan viloyat musiqali drama teatrida namoyish etiladi. Farg‘ona viloyatida esa postanovka 15−17-fevral kunlari Teatr-konsert saroyida bo‘lib o‘tadi.