Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakaoning fevral oxiri — mart boshlarida O‘zbekistonga tashrif buyurishi rejalashtirilgan, deb xabar qildi OTBning Toshkentdagi vakolatxonasi “Gazeta.uz"ga.

13-fevral kuni Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev va OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo departamenti bosh direktori Xong Vey bilan tashrifga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Senat matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Sodiq Safoyev va Xong Vey O‘zbekiston va OTB o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ham fikr almashdi.