UzGazOil avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i Uzneftegaz brendi ostiga o‘tdi. Toshkent va hududlardagi AYOQSh, AGQSh va AGTKS larda peshlavhalar o‘zgartirildi.

“O‘zneftmahsulot” kompaniyasining “Gazeta.uz"ga ma’lum qilishicha, o‘zgarishlar UzGazOil va “O‘zneftmahsulot” AJning qo‘shilishi munosabati bilan amalga oshirildi.

“O‘zneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi 2011-yildan UzGazOil MCHJning 100 foiz aksiyalariga egalik qiladi.

9-fevral kuni “O‘zneftmahsulot” ustav fondida “O‘zbekneftgaz” ulushi oshirilishi hisobidan UzGazOil’ni “O‘zneftmahsulot"ga qo‘shish yo‘li bilan qayta tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston hukumati qarori qabul qilindi.