12-fevral kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida sodir bo‘lgan YTH natijasida ona va o‘g‘il hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB matbuot xizmati xabar qildi.

Yo‘lning o‘ng tomonidan harakatlanib ketayotgan piyodalarni Paxtachi tumanida istiqomat qiluvchi 1962-yilda tavallud topgan fuqaro boshqaruvidagi VAZ-2121 avtomobili bilan urib yuborgan.

Haydovchi hodisa joyidan yashiringan. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida u 13-fevral kuni qo‘lga olindi.

1977-yilda tug‘ilgan ayol olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida, uning o‘g‘li — 1998-yilda tug‘ilgan kollej o‘quvchisi shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.

Samarqand viloyat IIB tomonidan jinoiy ish ochilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.