O‘zbekistonda iste’mol ehtiyojlari uchun plastik kartochkalardan foydalanish asosida kredit mahsulotlari taklif etiladi. Prezidentning 2-fevraldagi naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorida (PDF) mamlakat Markaziy banki va boshqa tijoriy banklarga mazkur topshiriq berilgan.

Banklar plastik kartochkalar foydalanuvchilarining ularni ishlatishdan manfaatdorligini oshirish va rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan turli xil bonus, diskont va rag‘batlantiruvchi dasturlarni savdo-servis tashkilotlari bilan birgalikda tadbiq etish amaliyotini kengaytiradi.

Qarorda plastik kartochka va to‘lov terminallarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga qo‘llanilayotgan bojxona imtiyozlari 2020-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilishi belgilandi.