O‘zbekiston Belarusda ishlab chiqariladigan yuk avtomobillari importiga qo‘yilgan 40 foizlik aksiz solig‘ini bekor qildi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning 8-fevraldagi qarorida o‘z ifodasini topgan.

Qaror yangi yuk avtomobillari (TN VED 8701 20 101, 8704 22910, 8704 22910 3, 8704 22910 9, 8704 22 32 910) hamda Belarusda ishlab chiqarilgan yuk tashish uchun boshqa motor vositalariga (8704 90 00) tadbiq etiladi.

Qaror “Belarus Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada kengaytirish maqsadida” qabul qilindi. Bunga qadar mazkur imtiyoz faqatgina Qozog‘iston, Rossiya va Ukrainada ishlab chiqarilgan avtomobillarga nisbatan qo‘llarinar edi.

2016-yil oktyarida Shavkat Mirziyoyevning Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan Samarqandda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha yaqin to‘rt yilda O‘zbekistonda 120 dona ko‘p tonnali “BelAZ” samosvalini yetkazib berish rejasi to‘g‘risida e’lon qilingan edi. Hozirda mamlakatda turli rusumdagi 500 ga yaqin “BelAZ"lardan foydalanilmoqda.