«Toshshahartransxizmat» kompaniyasi poytaxtdagi ayrim avtobus yo‘nalishlarida 4G texnologiyasi bo‘yicha internetga Wi-Fi orqali ulanish imkoniyati taqdim etilishi haqida xabar qildi. Wi-Fi Bus dasturi UZMOBILE operatori bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Bir hafta ichida 10, 14, 24, 28, 51 va 95- yo‘nalishlarda Wi-Fi ishga tushadi (avtobuslar eshiklariga «Wi-Fi Bus» peshlavhalari o‘rnatiladi). «Toshshahartransxizmat» yil davomida ko‘pchilik avtobuslarni internet-uskunalar bilan jihozlashni rejalashtirgan.